O‘zbekiston | 07:45 / 07.03.2022
7467
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyaga 1,1 ming tonna anor yetkazib berdi

O‘zbekiston yanvar oyida 2,3 ming tonna anor eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatga qiymati 2,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,3 ming tonna anor eksport qilgan. 

Qayd etilishicha, anor eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 766 tonnaga oshgan.

O‘zbekiston eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 1,1 ming tonna. Keyingi o‘rinlarda mos ravishda Qozog‘iston (743 tonna), Tojikiston (294 tonna), Qirg‘iziston (99 tonna) va Koreya bormoqda (16,2 tonna). 

Yanvar oyida xorijga eng ko‘p anor eksport qilgan hududlar quyidagicha: Qashqadaryo viloyati – 530 tonna; Surxondaryo viloyati – 470 tonna; Toshkent viloyati – 378 tonna; Farg‘ona viloyati – 259 tonna.

Bundan oldin bozorlardagi asosiy mahsulotlarning narxi e’lon qilingandi.

Mavzuga oid