O‘zbekiston | 21:30 / 09.03.2022
18614
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy va Buxoro viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Tegishli qarorlar bilan Navoiy va Buxoro viloyati hokimliklari tuzilmasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Navoiy viloyati hokimining qarori bilan Mamadiyorova Malika Tojiyevna viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi. Malika Mamadiyarova

M. Mamadiyorova ushbu tayinlovga qadar Navoiy viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Buxoro viloyat hokimining qarori bilan Ibragimova Firuza Bahodirxonovna viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi. Firuza Ibragimova

F.Ibragimova 1970 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini tugatgan. U tayinlovga qadar viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  vazifasida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid