O‘zbekiston | 11:48 / 10.03.2022
2109
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda fuqarodan ma’lumotlarini internetda tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan jurnalist qo‘lga olindi

U fuqarodan xizmatga oid ma’lumotlarini internetda tarqatmaslik uchun 1 500 AQSh dollari talab qilgan. 

Foto: Navoiy viloyati IIB

Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 9 mart kuni fuqaro N.N. viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida D.B. xizmatga oid ma’lumotlarini internetda tarqatish bilan tahdid qilib, 4 mart kuni 3 mln so‘m olganini, hozirda yana 1 500 AQSh dollari talab qilib kelayotganini bildirgan. 

Viloyat IIB xodimlari tomonidan 9 mart kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida soat 23:36da Navoiy shahridagi kafelarning birida D.B. fuqaro N.N.dan talab qilingan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda u JPK talablari asosida ushlangan.

Mavzuga oid