10 kunda «prava» olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlandi
Andijon shahrida 10 kun muddatda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, “Vatanparvar” tashkilotining Andijon avtomobil maktabi o‘qituvchisi Sh.S. fuqaro M.ga tanishlari orqali 10 kun muddatda “Ye” toifadagi haydovchilik guvohnomasini o‘quv darslariga qatnashmasdan olib berishni va’da qilib, evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin Sirdaryoda fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
13:40 / 25.06.2024
O‘zbekiston hududlarida haydovchilik guvohnomalari olib berishini va’da qilganlar ushlandi
07:49 / 07.06.2024
Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
17:03 / 01.06.2024
"Prava" olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
07:14 / 15.05.2024