O‘zbekiston | 14:20 / 11.03.2022
1538
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda o‘tgan yili qariyb 6,5 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan

Bu miqdordagi tabiiy gaz qish mavsumida bir oyda 16 170 ta xonadonga yetishi ma’lum bo‘ldi. 

Foto: “Hududgaz Navoiy”

“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2021 yilda viloyatda faoliyat yuritayotgan ulgurji iste’molchilar tomonidan gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 64 ta holat aniqlangan. Buning oqibatida 7 mln metr kubdan ortiq gaz o‘zboshimchalik bilan sarf qilinib, gaz ta’minoti korxonasiga 6 mlrd 418 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Ta’kidlanishicha, gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar aholi iste’molchilari orasida ham mavjud. O‘tgan yilda soha xodimlari 53 ta ana shunday holatni aniqlashgan. Fuqarolar 38,3 mln so‘mlik 101 metr kubdan ortiq gazni “o‘g‘irlashgan”. 

Ushbu noqonuniy holatlar sabab qish mavsumining bir oyida 16 170 ta xonadonni ta’minlashga yetadigan tabiiy gaz talon-toroj qilingan.

Mavzuga oid