O‘zbekiston | 12:19 / 11.03.2022
22179
1 daqiqa o‘qiladi

Past Darg‘omda ayol va uning qizi o‘ldirib ketildi

Past Darg‘om tumanida folbinlik bilan shug‘ullangan ayol va uning qizi o‘ldirib ketilgani haqida Kun.uz manbasi xabar bermoqda. Qotillik joriy yilning 8 mart kuni sodir etilgan bo‘lishi mumkin.

Samarqand viloyati prokuraturasi ushbu xabarni tasdiqladi. Prokuraturaga ko‘ra, 2022 yil 10 mart kuni soat 14:30 lar atrofida tumanning Esaboy mahallasida yashovchi fuqaro A.N. va uning qizi V.Q.ning murdasi yashash xonadonida qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni Past Darg‘om tuman prokuraturasi olib bormoqda. Jinoyatni fosh etish yuzasidan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Manbaga ko‘ra, marhuma A.N. folbinlik bilan shug‘ullangan.

Mavzuga oid