O‘zbekiston | 08:11 / 12.03.2022
6247
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘kalamzorlashtirish bilan shug‘ullanuvchi «Yashil hudud» davlat korxonasi tashkil etilmoqda

Foto: Kun.uz

Prezidentning “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali tashkil etish hamda yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish hamda “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparatida boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni doirasida ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari – “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi direktori lavozimi va 5 nafar shtat birligidan iborat Yashil hududlarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilgan.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi negizida “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi;

tugatilayotgan “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi hisoblanadi.

Belgilanishicha, o‘rmon fondi yerlarini boshqa toifalarga o‘tkazish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Moliya vazirligi huzurida respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, uzluksiz moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Yashil makon” jamg‘armasi tashkil etiladi.

Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi moddiy texnika ta’minotini shakllantirish maqsadida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 5 yilda qaytarish sharti bilan 100 mlrd so‘m ssuda ajratadi.

Mavzuga oid