Yangiyo‘lda avtobus yonib ketdi
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, halok bo‘lmagan. Faqat avtobus yaroqsiz holga kelgan. Bu haqda IIB YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 11 mart kuni soat 17:00 larda, M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l tumani, "Yangiyo‘l" MFY hududidan o‘tuvchi 838-kilometrida 1957 yilda tug‘ilgan haydovchi K.T. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu avtobusida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat avtobus yonib ketgan va yaroqsiz holga kelgan.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa yuzasidan Yangiyo‘l tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
09:50 / 11.09.2024
Andijondagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi
07:31 / 11.09.2024
Toshkentda “ZIL” yuk mashinasi yonib ketdi
20:48 / 10.09.2024