Bishkekda Rossiya elchixonasi yaqinida mitinglar o‘tkazish taqiqlandi
Pervomayskiy rayoni ichki ishlar boshqarmasi sudga har qanday aksiyalarni cheklash to‘g‘risidagi so‘rov bilan murojaat qilgan.
Bishkekning Pervomayskiy rayon sudi Qirg‘iziston poytaxtida, jumladan, Rossiya elchixonasi yaqinida miting va aksiyalar o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda sud vakiliga tayanib "Interfaks" xabar berdi.
"Pervomayskiy rayon sudi qaroriga ko‘ra, 10 martdan 11 aprelga qadar miting va aksiyalar o‘tkazish taqiqlandi", - deb ma’lum qildi sud vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pervomayskiy rayoni ichki ishlar boshqarmasi sudga har qanday aksiyalarni cheklash to‘g‘risidagi so‘rov bilan murojaat qilgan.
Sud vakilining aytishicha, cheklov kiritilishiga Rossiyaning Bishkekdagi elchixonasi yaqinida fuqarolar va nohukumat tashkilotlar tomonidan turli ko‘rinishdagi mitinglar tashkil etib kelingani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:44 / 03.09.2024
Shveytsariya 33 yildan keyin Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi
18:12 / 27.08.2024
Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
18:02 / 10.08.2024
TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
23:19 / 02.08.2024