O‘zbekiston | 14:17 / 14.03.2022
7673
2 daqiqa o‘qiladi

So‘nggi 10 yilda O‘zbekistondagi gazetalar soni 283 taga, bir yil ichida qariyb 100 taga kamaygan

Foto: iStock

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritgan gazetalar soni 366 tani tashkil etgan.

2010 yilda ular soni 649 ta edi. Ammo 10 yillik o‘rganilganida gazetalar soni muntazam kamaymagani, aksincha ayrim yillarda oshgani ham ko‘riladi.

Jumladan, 2011 va 2015 yillarda 11 taga ko‘paygan. 2018-2019 yillar gazetalar uchun juda og‘ir yil bo‘lgani kuzatiladi – bu davrda 129 ta nashr o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Bu borada hisob-kitoblar olib borilgan so‘nggi davr – 2019-2020 yillar yakunlarida 94 ta gazeta yopilgani ma’lum qilingan.

Yillar kesimida faoliyat yuritgan gazetalar soni quyidagicha o‘zgarib borgan:

  • 2010 yilda – 649 ta
  • 2011 yilda – 658 ta
  • 2012 yilda – 637 ta
  • 2013 yilda – 602 ta
  • 2014 yilda – 609 ta
  • 2015 yilda – 620 ta
  • 2016 yilda – 606 ta
  • 2017 yilda – 602 ta
  • 2018 yilda – 589 ta
  • 2019 yilda – 460 ta
  • 2020 yilda – 366 ta

So‘nggi 10 yilda gazetalar soni deyarli teng yarmiga kamaygan. Nashrlarning yopilish ko‘rsatkichi esa keyingi yillarda yanada jadallashdi.

Mavzuga oid