Buxoroda yog‘ingarchilik tufayli qulagan qal’a devorini ta’mirlash uchun 1 mlrd so‘m ajratildi
Buxoro shahridagi «Talipoch qal’a darvozasi» chap tomonidagi qal’a devorining yog‘ingarchilik oqibatida qulab tushgan qismini ta’mirlashga respublika budjetidan mablag‘ ajratildi.
Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasining ma’lum qilishicha, «Talipoch qal’a darvozasi»ni ta’mirlash uchun Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Obektni ta’mirlash-tiklash ishlari Madaniy meros obektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Hozirda mas’ul soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan ushbu obektning loyiha oldi ishlari olib borilmoqda.
«Talipoch qal’a darvozasi» chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi 11 mart kuni kechqurun hafta davomida muttasil yog‘ingarchilik kuzatilgani oqibatida qulab tushgandi.
Mavzuga oid
19:31 / 31.10.2024
O‘zbekistonda noyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
15:26 / 25.10.2024
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:45 / 09.10.2024