Markaziy bank asosiy stavkani oshirdi
Markaziy bank asosiy stavkani 3 foiz bandga oshirib, yillik 17 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 17 foiz ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston tarixida qayta moliyalash stavkasining eng yuqori ko‘rsatkichi 1995 yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘sha paytda asosiy stavka 300 foizga yetgandi. Shundan so‘ng, 2017 yilgacha asosiy stavka pasayib borgan va 27 iyunda 9 foizni tashkil etgan.
Oxirgi marta asosiy stavka 2018 yilning sentabr oyida ko‘tarilgan edi. Undan keyin 2020 yilda ikki marta tushirildi.
Regulyator asosiy stavkani oxirgi marta 2020 yil 10 sentyabrda o‘zgartirgan, o‘shanda stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, 14 foiz etib belgilangandi.
Mavzuga oid
12:00 / 09.01.2025
Plastik kartalar sonini cheklash: maqsad va oqibatlar haqida mutaxassis fikri
16:01 / 07.01.2025
Bir shaxs nomiga rasmiylashtiriladigan plastik kartalar soni cheklanadi
17:46 / 26.12.2024
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshdi
19:05 / 25.12.2024