O‘zbekiston | 11:01 / 17.03.2022
4862
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda sport maydonchasi qurish uchun ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

U 18 sotix yerni 18 ming dollarga kelishib, shundan 2 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan (https://t.me/Department_uz/1923?single). 

Tadbirda, fuqaro N.J. fuqaro X.G.ga Sayxunobod tumani, “Ittifoq” MFY hududida sport maydonchasi qurish uchun ajratilgan 18 sotix yerni 18 000 dollar evaziga boshqa bir fuqaro B.ning nomiga X.G.ning xabardorligisiz rasmiylashtirib berishni va’da qilib, shundan 2 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid