YeChL chorakfinaliga qur’a tashlandi
Bugun, 18 mart kuni UYeFAning Nondagi shtab-kvartirasida Chempionlar ligasi chorakfinal bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Chempionlar ligasi. 1/4 final.
- «Chelsi» – «Real Madrid»
- «Manchester Siti» – «Atletiko»
- «Vilyarreal» – «Bavariya»
- «Benfika» – «Liverpul».
Chorakfinal bosqichi yakunlariga ko‘ra, yarimfinalda to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan juftliklar ham ma’lum bo‘ldi.
YeChL. 1/2 final juftliklar
- «Manchester Siti» / «Atletiko» – «Chelsi» / «Real Madrid»
- «Benfika» / «Liverpul» – «Vilyarreal» / «Bavariya».
Ma’lumot uchun, YeChL chorakfinal bosqichi doirasidagi dastlabki o‘yinlar 5-6 aprel kunlari, javob bahslari esa 12-13 aprelda o‘tkaziladi. Yarimfinal 26-27 va 3-4 may kunlariga belgilangan.
YeChL 2021/22 yilgi mavsumi finali 28 may kuni Parijdagi «Stad de Frans» o‘yingohida o‘tkaziladi. Avvaliga bu o‘yin Sankt-Peterburgdagi «Gazprom Arena» stadionida o‘tkazilishi belgilangandi, ammo Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan qo‘llangan sanksiyalar doirasida final mezboni o‘zgardi.
Mavzuga oid
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
22:27 / 29.08.2024
YeChLga qur’a tashlandi - har bir klub 8 tadan raqibini bilib oldi
17:23 / 29.08.2024