Hindistondan ilk bor Pokiston va Afg‘oniston orqali O‘zbekistonga tijorat yuki jo‘natildi
Pokiston rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, endi bu tranzit muntazam ravishda amalga oshiriladi va O‘zbekiston Pokiston portlari orqali istalgan davlatdan mahsulot olib kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hindistonlik savdogar ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali tranzit qilib yubordi. 140 tonna yuk (asosan shakar) ortilgan mashinalar karvoni Kobuldan Toshkentga jo‘nab ketgan. Bungacha yuk «Mumbay – Karachi – Turxam» yo‘nalishi bo‘ylab kelgan.
Yuk jo‘natilishi Hindiston tomonidan xususiy ravishda tashkil etilgan. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit savdosi to‘g‘risidagi kelishuv uni amalga oshirish imkonini beradi.
Nomi oshkor etilmagan Pokiston rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, endi bu tranzit muntazam ravishda amalga oshiriladi va O‘zbekiston Pokiston portlari orqali istalgan davlatdan mahsulot olib kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tolibon hukumati savdo faoliyatini osonlashtirishi shart, chunki Afg‘oniston singari O‘zbekiston ham dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas va xalqaro savdo aloqalarini amalga oshirish uchun Pokiston portlariga kirish huquqiga ega.
Mavzuga oid
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024