Navoiyda 200 gektar yaylovni 250 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. o‘ziga ijara shartnomasiga asosan Tomdi davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan ajratilgan, chorvachilikka mo‘ljallangan 200 gektar yaylovni fuqaro A.T.ga 250 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Departamentning Bandixon tuman bo‘limi va DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Jarqo‘rg‘on tumani irrigatsiya bo‘limi xodimi X.A. fuqaro U.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 15 sotix yer maydonini 60 mln so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Yer sotish bilan bog‘liq yana bir jinoyat Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida sodir etilgan. Fuqaro U.E. “B.V.” xususiy korxonasi rahbari B.ga o‘zini tuman hokimligi xodimi sifatida tanishtirib, unga auksion savdolarisiz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun sanoat zonasidan 5 sotix yer maydonini 1 200 AQSh dollari evaziga olib berishni va’da qilgan. U kelishilgan puldan 500 AQSh dollari olayotganda departament hamda DXXning Sho‘rchi tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi
12:38 / 01.11.2024
O‘zbekistonda geologiya sohasida yangi tizim joriy etiladi
19:02 / 31.10.2024