Sirdaryoda karantin sababli yopilgan O‘zbekiston - Tojikiston chegara bojxona posti qayta tiklandi
Bugungi kunda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari belgilangan tartiblarga amal qilgan holda mazkur bojxona postidan erkin o‘tib qaytmoqda.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2022 yil 15 mart kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududida joylashgan “Xovosobod” chegara bojxona posti faoliyati qayta tiklangan.
Karantin qoidalariga rioya qilingan holda, aholiga soddalashtirilgan tartibda chegaradan o‘tish tizimi joriy qilingan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari belgilangan tartiblarga amal qilgan holda mazkur bojxona postidan erkin o‘tib qaytmoqda.
«Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari “Xovosobod” chegara bojxona postining qayta tiklanishi ikki davlat aholisi, ayniqsa chegara oldida istiqomat qiluvchi aholi uchun katta qulayliklarni yaratadi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2020 yil mart oyida butun dunyoda pandemiya e’lon qilinganligi sababli O‘zbekiston Respublikasidagi chegara bojxona postlari vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatgan edi.
Avvalroq Tojikiston O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyatini odatiy ish rejimiga o‘tkazgandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda ham Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirusga qarshi bir qator talablarning amal qilishi to‘xtatildi. Xususan, 2022 yilning 16 martidan boshlab, O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegarasida joylashgan o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklandi.
Mavzuga oid
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
13:10 / 06.10.2024
Antikorrupsiya agentligi: Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan
13:20 / 29.09.2024
Sirdaryoda Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi
19:22 / 21.09.2024