Iqtisodiyot | 08:44 / 21.03.2022
23417
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd dollarga teng bo‘ldi

2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi. 

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasida eksport 4,1 mlrd dollarni tashkil qildi.

Eksport tarkibida mahsulotlar 3,7 mlrd dollarni, xizmatlar esa 348,5 mln dollarni olib kelgan.

Bundan tashqari, tashqi savdoda import hajmi 4,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunda, mahsulotlar – 4,3 mlrd dollar, xizmatlar  – 304,6 mln dollar. 

Bundan avval O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori o‘rinni egallagan 10 ta davlat ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid