Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Xorazm viloyati vakillari umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi
Xivada og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Umumjamoa hisobida har ikkala toifada ham xorazmlik sportchilar g‘alaba qozondi.
14-21 mart kunlari Xorazm viloyati, Xiva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Unda barcha viloyatlardan kelgan 200 dan ortiq atletlar o‘zaro kuch sinashdilar.
Musobaqa yuqori saviyadagi, mahoratli sportchilarni jamladi. Jumladan, unda Osiyo va Jahon chempionatlari g‘olibi va sovrindori Adhamjon Ergashev, jahon chempioni Doston Yoqubov, yoshlar o‘rtasida jahon chempioni Muhammadqodir Toshtemirov, jahon chempionati sovrindori Sarvar Zafarjonov, yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Tursunoy Jabborova, jahon va Olimpiada chempioni va rekordchisi Ruslan Nuriddinov, jahon chempionati va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Akbar Jo‘rayev ishtirok etdi.
O‘smirlar o‘rtasidagi musobaqa mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Xorazmliklar 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Andijon viloyati (4-1-2) ikkinchi, Buxoro viloyati (3-2-0) uchinchi pog‘onani egalladi.
Kattalar o‘rtasidagi musobaqada ham mezbonlarning qo‘li baland keldi. Ular 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Toshkent viloyati (5-1-0) ikkinchi, Buxoro viloyati (2-3-1) uchinchi pog‘onani egalladi.
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati
Xiva, 19–21 mart, 2022 yil
Kattalar musobaqasi
Ayollar, 45 kg vazn toifasi
1. Qallibekova Amangul (QQR 48+57) – 105 kg
2. Uzaqbergenova Zuxra (QQR 48+54) – 102 kg
3. Botirova Jasmina (Qashqadaryo 46+55) - 101 kg
Ayollar, 49 kg
1. Otajonova Zuhra (Xorazm 65+85) – 150 kg
2. Xudoyqulova Ziyoda (Qashqadaryo 67+74) – 143 kg
3. Mo‘minova Imona (Andijon 59+76) – 135 kg
Ayollar, 55 kg
1. Panfilova Jamila (Toshkent vil. 87+102) – 189 kg
2. Hojiyeva Ozoda (Navoiy 76+94) – 170 kg
3. Matyoqubova Mehriniso (Xorazm 65+80) – 145 kg
Ayollar, 59 kg
1. Abdullayeva Nigora (Buxoro 83+105) – 189 kg
2. Ko‘paysinova Sitora (Buxoro 74+90) – 164 kg
3. Yesbergenova Sayyora (QQR 72+89) – 161 kg
Ayollar, 64 kg
1. Eshqulova Barchinoy (Buxoro 83+102 ) – 185 kg
2. Abdullayeva Shahloxon (Xorazm 82+96) – 178 kg
3. Jo‘rayeva Madinabonu (Farg‘ona 78+95) – 173 kg
Ayollar, 71 kg
1. Komilova Sevinchoy (Xorazm 85+105) – 190 kg
2. Meliyeva Durdona (Buxoro 70+80) – 150 kg
3. Matmuratova Jazira (QQR 60+80) – 140 kg
Ayollar, 76 kg
1. Suvonova Nigora (Navoiy 92+116) – 208 kg
2. Muxtorova Muxlisaxon (Xorazm 80+100) – 180 kg
3. Muhiddinova Ozoda (Namangan 65+85) – 150 kg
Ayollar, 81 kg
1. Adashbayeva Rigina (Toshkent sh. 90+115) – 205 kg
2. Bekpo‘latova Yulduz (Navoiy 73+86) – 159 kg
Ayollar, 87 kg
1. Karimova Kamola (Xorazm 83+108) – 191 kg
2. Mamarajabova Zebo (Navoiy 75+90) – 165 kg
Ayollar, 87+ kg
1. Jabborova Tursunoy (Qashqadaryo 110+125) – 235 kg
2. Xoliqova Xushnoza (Buxoro 85+102) – 187 kg
Erkaklar, 55 kg
1. Shomurotov Azizbek (Xorazm 93+116) – 209 kg
2. Abdujamilov Ashrafxon (Samarqand 95+110) – 205 kg
3. To‘xtayev Sardor (Samarqand 88+107) – 195 kg
Erkaklar, 61 kg
1. Ro‘zmetov Diyorbek (Xorazm 115+140) – 255 kg
2. Yusupov Qutlimurod (Xorazm 110+125) – 235 kg
3. Yusupov Temur (Samarqand 102+123) – 225 kg
Erkaklar, 67 kg
1. Ergashev Adhamjon (Namangan 140+170) – 310 kg
2. Ergashev Nodir ( Namangan 116+150) – 266 kg
3. Berdiyev Hasanboy (Xorazm 124+140) – 265 kg
Erkaklar, 73 kg
1. Yoqubov Doston (Toshkent vil. 140+175) – 315 kg
2. Raximov Musharraf (Farg‘ona 132+161) – 293 kg
3. Narimanov Asadbek (Xorazm 130+160) – 290 kg
Erkaklar, 81kg
1. Toshtemirov Muhammadqodir (Namangan 161+190) – 351 kg
2. Aitboyev Shixmurod (Xorazm 140+170) – 310 kg
3. Do‘lanov Abbos (Namangan 132+164) – 296 kg
Erkaklar, 89 kg
1. Zafarjonov Sarvar (Toshkent vil. 160+195) – 355 kg
2. Rajapov Alisher (QQR 144+174) – 318 kg
3. G‘afforov Og‘abek (Buxoro 138+167) – 305 kg
Erkaklar, 96 kg
1. Olimov Xojiakbar (Samarqand 150+178) – 328 kg
2. Muhammadaminov Zaynobiddin (Namangan 147+177) – 324 kg
3. Sultanbayev Begzod (QQR 134+160) – 294 kg
Erkaklar, 102 kg
1. O‘sarov Sunnat (Toshkent vil. 170+201) – 371 kg
2. Amriddinov Sharofiddin (Samarqand 165+195) – 360 kg
3. Nomozov Qurbonmurod (Qashqadaryo 145+175) – 340 kg
Erkaklar, 109 kg
1. Nurudinov Ruslan (Andijon 185+230) – 415 kg
2. Xojiyev Azimjon (Samarqand 157+201) – 358 kg
3. Shaxnazarov Umar (Surxondaryo 160+190) – 350 kg
Erkaklar, 109+ kg
1. Jo‘rayev Akbar (Toshkent vil. 185+232) – 417 kg
2. Mirzaboyev Mirhosil (Toshkent vil. 175+207) – 382 kg
3. Raxmonov Asadbek (Sirdaryo 160+180) – 340 kg
Mavzuga oid
20:31 / 20.03.2024
Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish choralari belgilandi
23:12 / 16.09.2023
Og‘ir atletika: Akbar Jo‘rayev jahon chempioni, Ruslan Nuriddinov ikkinchi bo‘ldi
11:11 / 12.06.2023
Futzal. Mavsum yakunlandi, g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi
21:25 / 16.10.2021