Toshkentda «Neksiya-3» avtomobili haydovchisi ikki nafar piyodani urib yubordi
Toshkent shahrida "Neksiya-3" avtomobili haydovchisi ikki nafar piyodani urib yubordi. Hodisa tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, 21 mart kuni soat 10:25 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan A.I. Olmazor ko‘chasi bo‘ylab "Neksiya-3" rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotida aytilishicha, haydovchi ushbu ko‘chadagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyodalar N.G‘. va M.A. yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan. Hozirda surishtiruv davom etib, tegishli hujjatlar to‘planmoqda.
“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, piyodalardan e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:24 / 08.01.2025
“Jarima chiptasizlar uchun” – Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani naqd pulda to‘laydiganlarga jarima solinishi rad etildi
18:59 / 07.01.2025
“Egasini tuni bilan qidirdim” - dollar to‘la hamyonni onaxonga qaytargan serjant
16:47 / 07.01.2025
Toshkentdagi avtobuslarda yo‘lkirani naqd pul shaklida berganlar jarimaga tortiladi
12:38 / 05.01.2025