Andijonda jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayonini ijobiy hal etish uchun 8 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Andijon viloyatida tergov ostidagi ayblanuvchilarga yengilroq jazo tayinlashga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida X.A. ismli shaxs fuqarolar K.Q. va M.T.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov jarayonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal etishni va’da qilgani aniqlangan. U K.Q.ga bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash va M.T.ga nisbatan jazodan ozod etish haqidagi hukm o‘qilishi evaziga ayblanuvchilarning qarindoshlaridan 8 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:11 / 16.02.2024
Prezident Kogonda pora bilan qo‘lga tushgan prokuror haqida gapirdi
18:36 / 30.12.2023
Xitoy poraxo‘rlik uchun jazoni kuchaytirdi
16:07 / 21.09.2023
Samarqandda 10 ming dollarga fuqaroni qamoqdan chiqarib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:42 / 22.08.2023