O‘zbekiston | 19:59 / 30.03.2022
7576
5 daqiqa o‘qiladi

 “Trastbank” va MasterCard hamkorligidagi aksiya sovrindorlari va bosh sovrin – Chevrolet Cobalt avtomobili g‘olibi aniqlandi

Foto: Trastbank

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki MasterCard bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan aksiyaning navbatdagi g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alarga hamda Chevrolet Cobalt’ga ega bo‘lishdi.

Foto: Trastbank
Foto: Trastbank

Mazkur aksiyada qatnashish uchun “Trastbank”dan MasterCard xalqaro plastik kartasini ochish hamda faqat savdo va xizmat ko‘rsatish terminallari, shuningdek, internet saytlari orqali kamida 10 AQSh dollari miqdorida to‘lovlarni amalga oshirish zarur edi.

Bugun, 30 mart kuni ushbu aksiyaning oxirgi 5-bosqichi o‘tkazildi. Unda joriy yilning 1–18 mart kunlari amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashdi. G‘oliblar mazkur tranzaksiyalar orasidan tasodifiy tarzda, ya’ni random orqali aniqlandi. Natijada 16 nafar hamyurtimiz qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritdi. Ular quyidagilar:

Foto: Trastbank

Mi Smart Band 6 brasleti

(4 dona)

1.    Yana Li  – Darxon filiali

2.    Sevar Kurbanova  – Samarqand filiali

3.    Nasiba Sharifova  – Samarqand filiali

4.    Jasur Umarov – Amaliyot boshqarmasi

Xiaomi Redmi Dots telefon uchun simsiz eshitish vositasi

(4 dona)

1.  Jakhongir Shoumarov – Amaliyot boshqarmasi

2.  Zakhidjon Sadikov – Amaliyot boshqarmasi

3.  Alidjon Yunusov – Samarqand filiali

4.  Rohat Nurmanova – Amaliyot boshqarmasi

Power bank 10000 telefon quvvatlagichi

(4 dona)

1.    Feruza Bazarova – Amaliyot boshqarmasi

2.    Samandar Doniyorov – Samarqand filiali

3.    Karolina Laisheva – Namangan filiali

4.    Mokhinur Hamidova – Darxon filiali

Samsung Galaxy uyali aloqa telefoni

(2 dona)

1.  Sirojxon Muxtarov – Jizzax filiali

2.  Azamjon Valixonov – Amaliyot boshqarmasi

Samsung Smart TV televizori

(1 dona)

1.    Tatiana Sereda – Darxon filiali

Samsung kir yuvish mashinasi

(1   dona)

1.    Kamila Bagirova – Amaliyot boshqarmasi

Foto: Trastbank

Shuningdek, aksiya bosh sovrini – Chevrolet Cobalt avtomobili g‘olibi ham aniqlandi. Bankning Amaliyot boshqarmasi mijozi Andrian Georgievga ushbu Chevrolet Cobalt avtomobili nasib etdi.

Foto: Trastbank

Aziz Po‘latov, plastik kartalar departamenti bo‘lim boshlig‘i:

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki MasterCard bilan hamkorlikda 2021 yil noyabr oyida “Trastbank bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasiga start bergan edi. Joriy yilning 18 martiga qadar davom etgan ushbu aksiyada jami 2 ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Bugungi kungacha 60 nafar g‘olib aniqlanib, bir qator qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi. Bugun ham bir qancha sovg‘alar va super yutuq Chevrolet Cobalt avtomobili egalari aniqlandi. Avtomobil bankimiz tomonidan tez kunlarda o‘z egasiga yetkazilib, tantanali ravishda topshiriladi”.

Foto: Trastbank

Ta’kidlash joizki, mijozlar bankka tashrif buyurib, g‘oliblarni aniqlash jarayonini bevosita kuzatib borishdi. Qolaversa, ushbu jarayon Bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida onlayn namoyish etildi.

Foto: Trastbank

Aksiya g‘oliblarini aniqlash va sovg‘alarni topshirish jarayonida ishtirok etgan shoumen Jahongir Xo‘jayev o‘z mulohazalarini bildirdi:

“Trastbank” o‘z mijozlarini yanada mamnun qilish maqsadida o‘tkazayotgan bugungi aksiya g‘oliblari generator orqali shaffof tarzda aniqlandi. G‘oliblar bevosita mijozlar ko‘z o‘ngida aniqlanishi va bu jarayon bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jonli efirda namoyish etilishi aksiyaning haqqoniy, halol o‘tkazilganidan darak beradi hamda xalqning ishonchini oshiradi. Ishtirokchilarning ko‘zlaridagi mamnuniyatdan ularning bank bilan hamkorlikdan xursand ekanliklarini bilish mumkin”.

Foto: Trastbank

Bank jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yurtdoshlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi.

“Trastbank” – mijozlarimiz mamnuniyati biz uchun muhim! 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid