Surxondaryoda bank xodimi odamlarning nafaqa pullarini onlayn qimorga tikib yubordi
«Xalq banki» Uzun filiali sayyor kassiri 278 nafar fuqaroning pensiya va nafaqa pullarini soxta imzo qo‘yib o‘zlashtirgan va pullarning bir qismini onlayn qimor o‘yiniga tikib yuborgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman bo‘limi “Xalq banki” Uzun filiali murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda departament rasmiy kanalida xabar qilindi.
Tekshiruvda aniqlanishicha, filialning 2-son sayyor kassiri A.A. joriy yilning fevral–mart oylarida o‘ziga biriktirilgan hududda 278 nafar fuqaroga naqd pul ko‘rinishida chiqarilgan jami 121,1 million so‘m pensiya va nafaqa pullarini ularning nomidan soxta imzolar qo‘yish orqali o‘zlashtirgan.
So‘ng ushbu pullarni internet tarmog‘idagi onlayn kazino o‘yinlariga ishlatib talon-toroj qilgan. Tekshiruv davomida departament aralashuvi bilan 117 million so‘m qaytarilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:50 / 03.02.2024
Qimor o‘ynagani uchun ishdan olingan mahalla raisi 1 yil o‘tib lavozimiga qaytgani ma’lum bo‘ldi
18:39 / 26.01.2024
Farg‘onada «xo‘rozlar jangi»ni o‘tkazgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
17:30 / 09.12.2023
Toshkentdagi choyxonada qimor o‘yinlarini tashkil etgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
13:53 / 04.12.2023