Iqtisodiyot | 14:20 / 06.04.2022
14394
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘ztreyd» va «O‘zsanoateksport»dagi davlat ulushi Eksport agentligiga o‘tkazildi

Prezident “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Foto: Kun.uz

Hujjat tashqi savdoni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, mahalliy tadbirkorlik sub’yektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralarini yanada kuchaytirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytirish maqsadida qabul qilindi.

“O‘ztreyd” va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlariga tashqi savdo kompaniyalarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash maqsadida Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 10 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi “O‘ztreyd” va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi (jamg‘armalaridagi) davlat aksiyalari (ulushlari) paketlari bo‘yicha aksiyador huquqini amalga oshiradi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir hafta muddatda Eksportni rag‘batlantirish agentligiga “O‘ztreyd” va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi (jamg‘armalaridagi) davlat aksiyalari (ulushlari) o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Mavzuga oid