Jamiyat | 15:41 / 14.04.2022
10701
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda o‘qituvchilarni attestatsiya test sinovidan o‘tkazib qo‘yishni aytib pul olgan markaz uslubchisi ushlandi

U ikki nafar o‘qituvchini tanishlari yordamida attestatsiya test sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga 1 200 dollar olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bo‘lim uslubchisi B.I. maktab o‘qituvchilari O.T. va Sh.Q.ni malaka toifasi olish uchun o‘tkazilayotgan attestatsiya test sinovlaridan tanishlari yordamida o‘tkazib berish evaziga 1 200 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid