O‘zbekiston | 08:27 / 14.04.2022
5708
2 daqiqa o‘qiladi

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer ajratishning yangi tartibi joriy etildi

“Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. “Yo‘l xarita” doirasida o‘zganing yeridan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) instituti yanada rivojlantiriladi. Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yerdan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlar takomillashtiriladi.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer ajratishning quyidagi tartibi joriy etildi:

  • temiryo‘l liniyalari va avtomobil yo‘llari uchun viloyat hokimlari qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
  • elektr, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi tarkibidagi ichki yo‘llar va kichik suv havzalari uchun yer ajratish talab etilmaydi (texnik talablarda belgilangan hollar mustasno). Bular uchun servitut belgilanadi;
  • servitut huquqi kelishuv shaklida, kelishuvga erishilmaganda esa sud qarori bilan rasmiylashtirilishi mumkin;
  • servitut belgilangan yer uchun yer solig‘i (ijara to‘lovi) yer mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisi tomonidan to‘lanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hukumat komissiyasi tashkil etildi.

Mavzuga oid