Sport | 22:19 / 14.04.2022
27968
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya shaxmat federatsiyasi Osiyo qit’asiga o‘tishga qaror qildi 

Yevropa shaxmat ittifoqi Rossiya va Belarus shaxmat federatsiyalarini o‘z tarkibidan vaqtinchalik chetlatgan hamda bu mamlakatlar jamoalarining qit’a musobaqalarida ishtirok etishini taqiqlagan.

Foto: EPA

Rossiya shaxmat federatsiyasi (RShF) qit’a federatsiyasini o‘zgartirdi. Xabar qilinishicha, kuzatuv kengashi bir ovozdan Osiyo shaxmat federatsiyasiga o‘tishga qaror qilgan.

Ilgari RShF Yevropa shaxmat ittifoqi tarkibida edi.

Osiyo shaxmat federatsiyasiga 52ta milliy federatsiya kiradi. Shayx Sulton bin Xalif al-Nohayon federatsiya prezidenti hisoblanadi.

Qit’a federatsiyasini o‘zgartirish uchun Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) rasmiy roziligi talab qilinmaydi.

Yevropa shaxmat ittifoqi Rossiya va Belarus shaxmat federatsiyalarini o‘z tarkibidan vaqtinchalik chetlatgan hamda bu mamlakatlar jamoalarining qit’a musobaqalarida ishtirok etishini taqiqlagan.

Mart o‘rtalarida FIDE Rossiya va Belarus jamoalarining musobaqalarda ishtirok etishini taqiqlagandi. Shaxmatchilarga musobaqalarda FIDE bayrog‘i ostida qatnashishga ruxsat berilgan.

Mavzuga oid