Jahon | 22:23 / 16.04.2022
16000
2 daqiqa o‘qiladi

Lvov sudi Medvedchukni hibsga olish to‘g‘risida hukm chiqardi 

Viktor Medvedchuk 12 aprel kuni qo‘lga olingandi. 

Foto: Security Service of Ukraine

Lvov shahri sudi ukrain siyosatchisi Viktor Medvedchukni garov kiritish imkoniyatisiz hibsga olish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Medvedchuk 2021 yil may oyida "Davlatga xiyonat" hamda "Urush qonunlari va odatlarini buzish" moddalari bilan ayblangandi. Pecherskiy rayon sudi uni uy qamog‘iga hukm qilgandi. Oktyabrda unga "Terrorchilik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish" ayblovi ham qo‘yildi. 

2022 yilning 27 fevral kuni Medvedchukning advokati u Kiyevdagi jazoni o‘tayotgan uyini tark etgani, ammo poytaxtda qolganini ma’lum qildi.

12 aprel kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Viktor Medvedchuk qo‘lga olinganini e’lon qildi

Zelenskiy “Putinning Ukrainadagi odami”ni asirlikdagi ukrain askarlariga almashtirishni taklif qildi. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunga javoban Viktor Medvedchuk Rossiya fuqarosi emasligi va Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi.  

Mavzuga oid