Jahon | 13:29 / 19.04.2022
41140
5 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab yangi raketa zarbalari, ovqatga navbatda turgan buchaliklar. Urushning 54-kuni suratlari

Ukrainada urush boshlanganidan buyon 54 kun o‘tdi. Lvov bombalandi. Xarkov ham (snaryadlar bolalar maydonchasi va insonparvarlik yordamlari tarqatiladigan punktlarga kelib tushgan). Buchada hamon svet yo‘q, gaz va ichimlik suvi ham. Mariupolda «Azovstal» kombinatida mingdan ortiq kishi qamalib qolgan — Volodimir Zelenskiy agar ular halok bo‘lsa, Kiyev Moskva bilan muzokaralarni to‘xtatishini ma’lum qilgan.

Lvovda raketa zarbalaridan keyingi tutun. RF mudofaa vazirligi «xorijliklar yetkazib bergan yirik partiyadagi qurollar saqlanayotgan» logistika markaziga zarba berilganini ma’lum qilgan. Lvov oblasti rasmiylariga ko‘ra, harbiy obektlar bilan birga fuqarolik obektlariga ham raketalar kelib tushgani va 7 kishi halok bo‘lib, 11 kishi yaralangani, ulardan biri bola ekanini ma’lum qilgan.
Matthew Hatcher / SOPA Images / ZUMA Press Wire
O‘t o‘chiruvchilar Lvovga qilingan hujum vaqtida yakson etilgan shinomontajda yong‘inni o‘chirishmoqda.
Mykola Tys / AP / Scanpix / LETA
Buchalik kishi yakson etilgan Rossiya texnikalarini ko‘zdan kechirmoqda. U, nogiron rafiqasi va o‘g‘li rossiyaliklar shaharni ishg‘ol qilgan vaqtda yerto‘lada yashiringan.
John Moore / Getty Images
O‘yinchoq miltiq ko‘targan bola Chernigov yaqinida yo‘q qilingan Rossiya texnikasi oldida.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchi Rossiya artilleriyasi zarbalari vaqtida yonib ketgan garajga kirishga urinmoqda. Xarkov
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
O‘z otasi jasadi boshida yig‘layotgan ayol. Xarkov
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Buchalik ayollar Qizil Xoch jamiyati tomonidan oziq-ovqat tarqatilishi vaqtida navbatda turibdi.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Ayol qo‘shnisiga choy tayyorlab bermoqda. U suvni hovlidagi o‘choqda qaynatgan. Buchada hamon elektr ta’minoti, suv va gaz yo‘q.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Ukraina xavfsizlik xizmati harbiysi Rossiya bilan hamkorlik qilishda gumonlanuvchining uyiga kirmoqda, Xarkov
AP Photo/Felipe Dana
Rossiya bilan hamkorlik qilishda gumonlangan kollabratsionist Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi
AP Photo/Felipe Dana
Gostomelda Ukraina IIV sapyori portlamay qolgan snaryadlar, granatalar va boshqa qurilmalarni to‘plamoqda
AP Photo/Efrem Lukatsky
Kramatorsk shahriga 18 aprel tongida berilgan raketa zarbalaridan keyingi oskolkalar
Carolyn Cole / Los Angeles Times / Getty Images
Lugansk oblastidagi Rubejnoye hududiga hujum oqibatlari. Fotosurat Novodrujyesk posyolkasida olingan
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Mariupoldagi «Azovstal» zavodi. Shahar politsiyasi ma’lum qilishicha, zavod hududida ming nafar atrofida tinch aholi vakillari boshpana topgan. RF mudofaa vazirligi zavodda 2,5 ming atrofida ukrain harbiysi borligini bildirgan. Volodimir Zelenskiy agar «Azovstal»dagilar o‘ldirilsa, Kiyev Moskva bilan muzokaralarni to‘xtatishidan ogohlantirgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupoldagi Ilich nomidagi metallurgiya zavodi shiddatli janglardan keyin. Shaharda qarshilik ko‘rsatishda davom etayotgan himoyachilarining so‘nggi o‘choqlaridan biri bir necha kun oldin rossiyaliklar tomonidan egallandi. Orqa fonda «Azovstal» zavodi ustida ko‘tarilgan tutun
AP Photo/Alexei Alexandrov
Ilich nomidagi metallurgiya zavodida yonib ketgan avtomobillar. Zavod himoyachilari bir oydan ortiq qarshilik ko‘rsatgach, yengildi.
AP Photo/Alexei Alexandrov
DXR ayirmachilari harbiylari Ilich metallurgiya zavodi hududidagi tunnelda ukrainalik harbiylarning paketga o‘ralgan jasadlarini ko‘zdan kechirmoqda. Foto: AP /Alexei Alexandrov
Chechenlarning «Axmat» batalon jangchilari Ilich nomidagi Mariupol metallurgiya kombinati hududida. Bir necha kun oldin RF mudofaa vazirligi kombinat «ukrain natsionalistlari»dan to‘la ozod etilgani haqida xabar bergandi. Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Rossiya harbiy texnikalari Mariupol sharqida Donbassdagi ayirmachilar nazoratiga o‘tgan hududdagi shosse bo‘ylab harakatlanmoqda
AP Photo/Alexei Alexandrov
Kiyev muzeyi eksponatlarni xavfsiz joyda saqlash uchun jo‘natgan.
Oleksiy Samsonov / Kyiv City State Administration

Mavzuga oid