O‘zbekiston | 07:35 / 20.04.2022
5243
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:44 da Tojikistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 39,24 gradus shimoliy kenglik; 70,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5, chuqurlik - 30 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 258 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi:

  • So‘x tumanida 2-3 ball, 93 km;
  • O‘zbekiston tumanida 2 ball, 123 km;
  • Beshariq tumanida 2 ball, 128 km;
  • Rishton tumanida 2 ball, 132 km;
  • Furqat tumanida 2 ball, 140 km;
  • Qo‘qon shahrida 2 ball, 145 km;
  • Uchko‘prik tumanida 2 ball, 145 km.

Mavzuga oid