Jahon | 14:47 / 20.04.2022
10953
1 daqiqa o‘qiladi
Yevrokengash raisi Kiyevga keldi
Sharl Mishel Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel Ukraina poytaxtiga tashrif buyurdi.
«Bugun men Kiyevda – ozod va demokratik Yevropaning yuragidaman», - deb yozdi Mishel ijtimoiy tarmoqlarda.
Sharl Mishel Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazadi.
9 aprel kuni Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen va YeIning xalqaro munosabatlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Jozep Borrel Kiyevga kelgandi.