«Barsa» noxush seriyasini to‘xtatdi, Lempard hayot-mamot o‘yinida g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari yakunlari
«Milan» chempionlik poygasida birinchi, APLda kurash qizimoqda. Yakshanba kuni Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar.
Angliya: «Arsenal» «Tottenhem»ga to‘rtinchi o‘rinni bermayapti
Everton – Chelsi 1:0
Gol: 1:0 – 46 Risharlison.
Everton – Pikford, Koulmen, Mina, Xolgeyt, Mikolenko, Alli, Grey, Delf (Allan, 71), Dukure, Ivobi, Gordon, Risharlison (Rondon, 80).
Chelsi – Mendi, Jyeyms, Aspilikueta (Pulishich, 68), Tiago Silva, Ryudiger, Alonso, Jorjino (Kovachich, 46), Loftus-Chik, Maunt, Haverts, Verner (Ziyosh, 68).
Taqdir hazilini qarangki, «Everton»ning taqdiri jamoa ustozi Frenk Lempard afsonasi bo‘lgan klubga qarshi o‘yinga bog‘liq bo‘ldi. Aytish kerakki, «irislar» fanatlari jamoani muhim o‘yin arafasida «Gudison Park» atrofida qizg‘in qo‘llab-quvvatlashdi. Birinchi bo‘limda «Everton» yaxshiroq ko‘rindi, «Chelsi» to‘pga egalik qilish borasida 74 foizlik ustunlik ko‘rsatganiga qaramay, darvoza sohasiga birorta zarba bera olmadi.
Mezbonlar tanaffusdan keyin darhol gol urishi mantiqiy edi, bu vaziyatda Aspilikueta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni undan o‘g‘irlab ketgan Risharlison hisobni ochdi. Pikford hayotidagi eng yodda qolarli o‘yinlardan birini o‘tkazdi. Ushbu darvozabonning qaysi seyvi eng yaxshisi bo‘lganini ham aytish qiyin. Bir safar u o‘ng ustunga tekkan zarbaga tashlangach, qaytgan to‘pni qaytarish uchun yetib bordi va to‘pni darvoza chizig‘i ustida to‘xtatdi. Boshqa safar Ryudigerning bir necha metr masofadan yo‘llagan zarbasini yuzi bilan to‘sdi.
Ammo bu g‘alaba ham «Everton»ni qutqarishi qiyin. Jamoaning asosiy raqobatchisi «Byornli» Shon Daychni iste’foga chiqargach, qatorasiga uch g‘alabaga erishdi va xavfli hududni tark etdi. Londonliklarga qarshi o‘yinda Risharlison jarohat olib safdan chiqqani mersisaydliklar uchun mavsumning qolgan muhim o‘yinlarida pand berishi mumkin. Ayni vaqtda xavfli hududda qolayotgan Lempard shogirdlari qolgan turlarda maksimal natijaga erishishi talab etiladi.
- «Everton» (33 o‘yinda 32 ochko, 18-o‘rin): «Lester» (7 may, safar), «Uotford» (11 may, safar), «Brentford» (15 may, uy), «Kristal Pelas» (19 may, uy) «Arsenal» (22 may, safar).
- «Byornli» (34 o‘yinda 34 ochko, 16-o‘rin): «Aston Villa» (7 may, uy), «Tottenhem» (15 may, safar), «Aston Villa» (20 may, safar), «Nyukasl» (22 may, uy).
- «Lids» (34 o‘yinda 34 ochko, 17-o‘rin): «Arsenal» (8 may, safar), «Chelsi» (11 may, uy), «Brayton» (15 may, uy), «Brentford» (22 may, safar).
Tottenhem – Lester 3:1
Gollar: 1:0 – 22 Keyn, 2:0 – 60 Son Xyn Min, 3:0 – 79 Son Xyn Min, 3:1 – 90 Iheanacho.
Tottenhem – Loris, Emerson, Dayyer, Devis, Romero, Sessenon, Heyberg, Bentankur (Uinks, 82), Son Xyn Min (Bergveyn, 82), Lukas Moura (Kulusevski, 55), Keyn.
Lester – Shmeyxel, Amarti, Kastan, Suyundju, Tomas, Olbrayton, Mendi, Sumare (Brant, 67), Peres (Tilemans, 76), Iheanacho, Daka (Vardi, 67).
«PSJ» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralayotgan Antonio Konte kelajagi borasida jurnalistlarga aniq javob qaytarmadi. Italiyalik mutaxassis navbatchi so‘zlarni takrorlab, «Tottenhem»da ishlash yoqayotganini aytdi, ammo bir narsani e’tibordan qochirmaslik kerak: uning ambitsiyalari oltinchi-sakkizinchi o‘rinlar uchun emas, sovrinlar uchun kurashishdir.
Vest Hem – Arsenal 1:2
Gollar: 0:1 – 38 Holding, 1:1 – 45 Bouen, 1:2 – 54 Gabriel.
Vest Hem – Fabianski, Tsoufal, Kressuell, Zuma, Frederiks, Nobl (Souchek, 77), Lansini (Antonio, 71), Rays, Fornals, Benrahma (Yarmolenko, 81), Bouen.
Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu (Soaresh, 78), Holding, Gabriel, Nunu Tavaresh, Jaka, El-Nenni, Edegor, Nketia, Martinelli, Saka.
Ogohlantirishlar: Saka (48), Bouen (52).
Chempionlar ligasiga yo‘llanma ham uning uchun yaxshi stimul bo‘lishi mumkin va to‘rtinchi o‘rin uchun kurash yo‘lida muhim g‘alaba qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba ijodkori Son Xin Min bo‘ldi, u avvaliga Keynga assistentlik qildi, keyin esa Kulushevskining uzatmalari evaziga dublni rasmiylashtirdi. Kontening iltimosiga ko‘ra qishda «Yuventus»dan ijaraga olingan shved futbolchisi «shporlar»ning turnir yakuniy qismidagi asosiy futbolchilaridan biriga aylangan.
Chempionlar ligasi hududiga qaytishi vazifa qilingan «Arsenal» «Vest Hem»ga qarshi derbi o‘yinini juda yaxshi boshladi. O‘yinda hisobni Holding ochdi, uning uchun bu «kanonirlar» safida APL o‘yinida urilgan debyut golga aylandi, qolaversa u 2016 yil yanvaridan buyon ilk bor gol urdi, o‘sha vaqtda ushbu himoyachi «Bolton»ga ijaraga berilgandi. Ammo tanaffus arafasida Bouen muvozanatni tikladi.
Shu bilan birga bu yarimhimoyachi keyinroq «minus» ishladi, u to‘p o‘zidan uzoqlashganida Ramsdeylning podkatidan keyin yiqilishga qaror qildi va hakam uni simulyatsiya uchun jazoladi. VAR davrida bunday qilish yaramaydi, videotakrorlarda mehmonlar darvozaboni unga tegmaganini ko‘rish mumkin edi. Shundan ko‘p o‘tmay Saka ijrosidagi burchak to‘pidan keyin «Arsenal» g‘alaba golini urdi. «Kanonirlar» hujumni ikkinchi tempda davom ettirishdi va braziliyalik ikki Gabriel gol yaratishdi — Martinelli to‘pni Magalyanesning boshiga qo‘ndirib berdi.
Endi «Vest Hem» rasman to‘rtinchi o‘rin uchun kurashdan chiqdi, jamoa bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgani holda to‘rtinchi o‘rindan 11 ochko ortda qolgan. YeChL yo‘llanmasi katta ehtimol bilan «Arsenal» va «Tottenhem» o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinda hal bo‘ladi.
- «Arsenal»: «Lids» (7 may, uy), «Tottenhem» (12 may, safar), «Nyukasl» (15 may, safar), «Everton» (22 may, uy).
- «Tottenhem»: «Liverpul» (7 may, safar), «Arsenal» (12 may, uy), «Byornli» (15 may, uy), «Norvich» (22 may, safar).
Italiya: Bonuchchi uchun ideal tug‘ilgan kun
Yuventus – Venetsiya 2:1
Gollar: 1:0 – 7 Bonuchchi, 1:1 – 71 Aramu, 2:1 – 76 Bonuchchi.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Danilo, de Ligt, Pellegrini (Aleks Sandro, 58), Rabo, Zakariya, Miretti (Artur, 79), Bernardeski (Dibala, 58), Morata (Kin, 69), Vlaxovich (Kellini, 79).
Ogohlantirishlar: Zakariya (25), Pellegrini (45), Kiyin (56), Aramu (61), Aleks Sandro (63), Xaps (78).
A Seriyadagi o‘yin kuni «Yuventus»ning g‘alabasi bilan boshlandi. Bu g‘alaba shu kuni 35 yoshini nishonlagan Bonuchchining xizmatlari evaziga qo‘lga kiritildi. U debyutdayoq hisobni ochish bilan birga o‘yin oxirida burchak zarbasidan keyin g‘alaba golini urdi, bungacha raqiblar safida Aramu uzoq masofadan javob golini urgandi. Tajribali himoyachi chempionatning joriy mavsumida beshinchi golini urdi va bu uning eng mahsuldor mavsumi bo‘lmoqda.
Kun oxiriga borib «Roma» ochko yo‘qotdi («Bolonya»ga qarshi o‘yinda hisob ochilmadi) va «Keksa sinora» to‘rtinchi o‘rinni o‘zi uchun naqd qilib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Milan – Fiorentina 1:0
Gol: 1:0 – 82 Rafael Leau.
Milan – Menyan, Kalabriya, Tomori, Kalulu, Ernandes, Kessie (Bennaser, 79), Tonali, Jiru (Ibrahimovich, 67), Rafael Leau, Braim Dias (Krunich, 56), Junior Messias (Rebich, 56).
Hafta o‘rtasida «Milan» maydonga tushmasdan turnir jadvalida yakkapeshqadamga aylangandi. Bahorgi o‘yinlarda favoritlar uchun dahshatga aylanadigan «Bolonya» qoldirilgan o‘yinda «Inter» ustidan sensatsion g‘alabaga erishgandi. Ammo «Latsio» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Pioli shogirdlari bungacha qatorasiga uch mag‘lubiyat qayd etgan «Fiorentina» bilan o‘yinda qiynalishdi. Ernandesning goli bekor qilindi, Jiru qulay vaziyatda turib aniq zarba berolmadi — bular mezbonlar tanaffusgacha ega bo‘lgan imkoniyatlar edi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limida ham qizil-qoralar saxiylik ko‘rsatishda davom etishdi. Rafael Leau darvozabon hududida turib to‘pni tribunalar tomon tepdi, Ernandes ham noaniq zarbalar yo‘llashda davom etdi, omadsizliklar Rebichning hujumi yakunida to‘p himoyachi tomonidan darvoza chizig‘i ustida to‘xtatilganda o‘zining yuqori nuqtasiga chiqdi. Shundan keyin barchasi milanliklar uchun yomon tugashi mumkin edi, ammo barchasini darvozabonlarning harakatlari hal qildi.
Menyan Artur Kabralning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini to‘sa olgan bo‘lsa, bungacha zabt etish imkonsiz bo‘lib kelgan Terrachchano oddiy vaziyatda Rafael Leaudan gol o‘tkazib yubordi. Milanliklar qatorasiga ikki o‘yinda g‘alabani ilib ketishdi va bu haqiqiy chempionlik grafigi bo‘lmoqda.
Udineze – Inter 1:2
Gollar: 0:1 – 12 Perishich, 0:2 – 39 Martines, 1:2 – 72 Pussetto.
Inter – Handanovich, Darmian, de Vrey, Shkrinyar, Dimarko (D`Ambrozio, 77), Perishich, Brozovich, Galyardini (Vidal, 74), Barella (Vesino, 90), Jyeko (Korrea, 74), Martines (Sanches, 74).
Ogohlantirishlar: Mari (38), Pereyra (65), Vesino (90).
«Inter» esa hamshaharlariga «Udineze» ustidan qozonilgan g‘alaba bilan javob qaytardi, lekin milanliklar cho‘zib o‘tirishmadi va Perishich burchak zarbasi ijro etilgan vaziyatda hisobni ochdi. Lautaro Martinesning golidan keyin (u avvaliga penaltini xato tepgandi, lekin qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirdi), qora-ko‘klar xotirjamlik bilan o‘yinni davom ettirishdi.
Ammo 2:0 hisobidagi ustunlik doim ham xavfsiz bo‘lavermaydi. O‘yinning qolgan qismida vaziyatlarini ko‘kka sovurgan «Inter» o‘yin oxirida muxlislarini asabiylashtirdi. Deulofeuning jarima zarbasini Xandanovich qaytardi, ammo himoyachilar Pussettoga gol urish imkoniyatini qoldirishdi va mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun o‘ynay boshlashdi. Ammo Simone Indzagi to‘g‘ri almashtirishlar amalga oshirdi va g‘alabani o‘z jamoasida saqlab qoldi.
Ispaniya: Fatining qaytishi
Barselona – Malorka 2:1
Gollar: 1:0 – 25 Depay, 2:0 – 54 Buskets, 2:1 – 79 Railo.
Barselona – ter Stegen, Dani Alves (Langle, 89), Pike (Erik Garsiya, 28), Arauxo, Alba, Buskets, de Yong, Gavi, Obameyang (Fati, 75), Depay, Ferran Torres (Dembele, 75).
Malorka – Riko, Maffeo, Railo, Valent, Russo, Olivan, Dani Rodriges (Grene, 60), Battalya (Li Kan In, 70), Sanches (Sevilya, 70), Anxel Rodriges (Xopp, 89), Fer Nino (Kubo, 59).
«Barselona» so‘nggi vaqtlarda o‘z muxlislarini tez-tez ranjitayotgandi. Jamoa aprel oyining ikkinchi yarmida faqat San-Sebastyanda g‘alabaga erishdi, «Kamp Nou»da esa qatorasiga uch o‘yinda yutqazdi: Yevropa Ligasida «Ayntraxt»ga (2:3) va ichki chempionatda «Kadis» (0:1) va «Rayo Valekano»ga (0:1). Xavining ijodkorlik qobiliyati qayergadir g‘oyib bo‘lgandek edi. Maydondagi ustunlik va to‘p nazorati avvalgidek, ammo bular samara keltirmayotgandi.
Yakshanba kuni ham shunday yoqimsiz ssenariy takrorlanishi mumkin edi, ammo juda qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqargan «Malorka» keyin boshqa xavfli vaziyat yarata olmadi, ko‘k-anorranglilar esa vaqt o‘tgan sayin orolliklar jamoasi mudofaasini izdan chiqara boshladi va Depay Jordi Albaning uzoq masofaga yetkazib bergan uzatmasidan unumli foydalandi. Busketsning goli esa amalda o‘yin taqdirini hal qildi. Shundan keyingi asosiy voqea yanvardan buyon o‘ynamagan Ansu Fatining nihoyat maydonga qaytishi bo‘ldi.
Kun statistikasi
- 2 chetlatish va 3 penalti — «Lill» «Trua»ga 0:3 hisobida yutqazdi, bu so‘nggi 30 yillikda liga 1 doirasidagi bir o‘yinda bir jamoaga qarshi eng og‘ir sanksiyalar qo‘llanishi bo‘ldi.
- Ispaniya chempionatining joriy mavsumida «Granada» to‘rt o‘yinda 90-daqiqadan keyin gol urib, 4 ochko ishlagan.
- «Osasuna» hujumchisi Budimir qatorasiga 6 turda gol urdi. Bu pamplonaliklar jamoasida XXI asrdagi eng yaxshi seriya.
- «Rayo Valekano» hujumchisi Falkao uchun la liganing joriy mavsumida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar orasida eng tezkor gol muallifi bo‘lishi uchun 56 soniya kifoya qildi.
- Italiyalik hujumchi Bellotti A seriyadagi gollari sonini 100 taga yetkazdi, u so‘nggi turda «Empoli» jamoasiga qarshi o‘yinda het-trik muallifi bo‘ldi va «Torino» tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purarga aylandi. Undan oldinda 134 gol bilan Paolo Pulichi joylashgan.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
15:52 / 10.11.2024
«Arsenal»da ham inqiroz. Buning sabablari nimada?
11:13 / 10.11.2024
«Siti» inqirozda, «Liverpul» oldinlab ketdi. Kun o‘yinlari
10:01 / 10.11.2024