Andijonda 1 kilogramm giyohvand moddani sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Ular 1 kilogramm “gashish” giyohvand moddasini 9000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yilning 6 may kuni “Qora dori-2022” tadbiri davomida chetdan kontrabanda yo‘li orqali kirib kelayotgan hamda tranzit tashilayotgan giyohvandlik vositalarini aniqlash bo‘yicha Xo‘jaobod tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegara hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan.
Xususan, Farg‘ona viloyatida yashovchi M.A., Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi B.S. hamda J.M.lardan tashkil topgan jinoiy guruh a’zolari xolis xaridorga 1 kilogramm “gashish” giyohvand moddasini 9000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Sirdaryoda 13 kilogramm giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlanganligi ma’lum qilingan edi.
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024