O‘zbekiston | 19:44 / 10.05.2022
19459
2 daqiqa o‘qiladi

SpaceX kompaniyasi va uning Starlink loyihasi O‘zbekistonga taklif qilindi

AKT vaziri va “O‘zbekkosmos” bosh direktori Toshkentga kelgan SpaceX vakili bilan muzokaralar o‘tkazib, kompaniya va uning sun’iy yo‘ldoshli internet loyihasi – Starlink'ni O‘zbekiston bozoriga kirishga taklif qildi.

10-11 may kunlari Toshkentda “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiyaning birinchi kunida O‘zbekiston AKT vaziri Sherzod Shermatov SpaceX kompaniyasi vakili Ben Mak Villiams bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar berdi.

Foto: AKT vazirligi
Foto: AKT vazirligi

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda SpaceX kompaniyasi vakili O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

AKT vazirligi tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakiliga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha taklif berilgan.

Shuningdek, “O‘zbekkosmos” agentligi bosh direktori Shuhrat Kadirov ham Ben Mak Vilyams bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: O‘zbekkosmos

Uchrashuvda SpaceX tomonidan sun’iy yo‘ldosh orqali yuqori tezlikdagi keng polosali internetga ulanish uchun amalga oshirilayotgan Starlink loyihasining O‘zbekiston bozoriga kirishi muhokama qilingan.

“Muloqot yakunida tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga va hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi”, deyiladi agentlik matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid