Jamiyat | 15:30 / 16.05.2022
19148
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Asakabank” dan MASTERCARD BUSINESS: naqd pulsiz, xavfsiz, barcha to‘lovlar uchun oson va qulay

Foto: Asakabank

“Asakabank” AJ o‘z mijozlariga nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning boshqa davlatlarida ham barcha qulaylik va imtiyozlarga ega xizmatlarni taqdim etishda davom etadi. Shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, “Asakabank” AJ “Mastercard Business” xalqaro plastik kartasini 2001 yildan buyon amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etib kelmoqda. Bankning yuridik mijozlari “Mastercard Business” xalqaro korporativ kartasidan quyidagi maqsadlarda foydalanishlari mumkin:

- xodimlarining xorijiy davlatlarga xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni chet el valutasida to‘lash; 

- xodimlarining xorijiy davlatlarga xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida xorijiy valutada naqd pul yechish;

- O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida xorijiy valutadagi vakillik xarajatlarini to‘lash; 

- faoliyatiga zid kelmaydigan tovarlar va xizmatlar uchun internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish (internet orqali mehmonxona xonalarini bron qilish, veb o‘quv kurslari va dasturlarni sotib olish, internet orqali reklama xizmatlaridan foydalanish va h.k.);

- O‘zbekiston Respublikasida havo yo‘llari, temiryo‘l va tur operatorlaridan chiptalar sotib olish imkoni mavjud.

“Matercard Business” xalqaro plastik kartasini chiqarish mutlaqo bepul. 

“Mastercard Business” – yuridik mijozlar uchun keng ko‘lamli imkoniyatlar taqdim etib, iqtisodiy, hamkorlik va mehnat munosabatlarida samarali hamda shaffof muhitni shakllantirishga yordam beradi. O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab moliyaviy yumushlaringizni biz bilan naqd pulsiz, xavfsiz, oson va tez hal eting!

Mastersard Business – ushbu kartochka yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, dunyoning barcha davlatlarida Mastercard belgisi bor savdo – xizmat ko‘rsatish nuqtalarida va internet saytlarida 3D Secure xizmati yordamida elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida Mastercard belgisi mavjud bank va bankomatlar orqali naqd pul yechish mumkin.

Bugungi kunga kelib Mastercard to‘lov tizimi 210 ta davlatda mavjud bo‘lib, 30 000 dan ziyod banklarni qamrab olgan.

 Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid