«Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor» - Shavkat Mirziyoyev
Respublika tovar-xomashyo birjasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektorda hududlar rahbarlariga ayrim turdagi mahsulotlarni birjaga olib chiqish bo‘yicha rejalarni tasdiqlash vazifasi berildi.
«Hududlarning birja savdolaridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha hokimlarning ish rejasi bilan tanishib chiqdim.
Ochiq aytish kerak, hali aksariyat hokimlar masalaning ichiga kirmagan, birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor», dedi davlat rahbari.
Shu bois har bir viloyat, tuman va shahar hokimiga:
- o‘z hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilish;
- aniq turdagi va miqdordagi mahsulotlarni birjaga olib chiqish bo‘yicha oyma-oy rejalarini tasdiqlash topshirildi.
Soha uchun har yili kamida 1 mingta mutaxassis tayyorlab, ularning bandligini ta’minlashi zarurligi ta’kidlandi. Bunda kamida 100 ta nogironligi bor yoshlarni bepul o‘qitib, sohada ishga qabul qilish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilarning mavzu yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Mavzuga oid
13:18 / 13.08.2024
Soliq qo‘mitasi yirik korxonalarning mahalliy budjetga to‘lovlarini hisobga olish tartibini joriy qiladi
18:00 / 12.08.2024
Quvvatidan to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari yoshlarni o‘qitish sharti bilan tadbirkorlarga ijaraga beriladi
17:13 / 12.08.2024
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi
16:34 / 12.08.2024