Futbol-shou. O‘zbekiston Italiya futboli afsonalarini mag‘lub etdi
Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida O‘zbekiston hamda Italiya futboli afsonalari o‘rtasidagi futbol-shou shaklidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
15 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tgan uchrashuv bayramona tarzda tashkil etilib, o‘yin oldi, tanaffus va uchrashuvdan keyin o‘zbek futboli faxriylari, sobiq o‘yinchi va hakamlar taqdirlanishdi.
Uchrashuvda Yakvinta italiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay OKMK yarimhimoyachisi Sanjar Tursunov uzoq masofadan Abbyati darvozasini ishg‘ol etdi. Bo‘lim yakunida esa Yakvinta dubl qayd etdi.
Ikkinchi bo‘limda esa Ne’matilla Qutiboyev va Server Jeparovning goli Birodar Abduraimov murabbiyligidagi o‘zbek futboli afsonalariga g‘alabani taqdim etdi – 3:2.
Uchrashuvdan keyin Ravshan Ermatov va uning hakamlar guruhiga zarbof chopon kiygizilib, hakamlik faoliyatiga rasman yakun yasaldi. O‘FA vitse-prezidenti farzandlari bilan maydonga chiqib, muxlislarga minnatdorchilik bildirdi. Italiya futboli afsonalari ham esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘rtoqlik o‘yini. 18 may (chorshanba)
O‘zbek futboli afsonalari — Italiya futboli afsonalari - 3:2 (1:2)
Gollar: Sanjar Tursunov 19, Ne’matilla Qutiboyev 31, Server Jeparov 47 – Vinchenso Yakvinta 7, 30.
O‘zbekiston: 1.Pavel Bugalo, 4.Islom Inomov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Aziz Haydarov, 8.Server Jeparov, 9.Odil Ahmedov, 13.Asror Aliqulov, 18.Timur Kapadze, 20.Anvar Soliyev, 22.Viktor Karpenko, 27.Ilhom Suyunov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 12.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Shavkat Mullajonov, 10.Zayniddin Tojiyev, 11.Anvar G‘ofurov, 14.Ildar Magdeyev, 15.Aleksandr Geynrix, 17.Sanjar Tursunov, 23.Shuhrat Mirxoldirshoyev, 24.Nosir Otaqo‘ziyev, 26.Ne’matulla Qutiboyev, 28.Asqar Jadigerov, 33.Farhod Tojiyev, 44.Kamoliddin Murzoyev.
Italiya: 1.Kristian Abbyati, 2.Vinsen Kandela, 6.Aldair, 7.Lyudovik Jyuli, 8.Anjyelo Karbone, 10. Di Byadjo, 11.Alberto Jilardino, 14.Dario Shimich, 15.Vinchenso Yakvinta, 27.Serjino, 81.Kristian Dzakkardo.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 5.Sezariya Eduardo, 9.Daniele Massaro, 18.Marek Yankulovski, 26.Kristian Zenoni, 33.Robson Toledo Machado, 77.Luka Antonini.
Mavzuga oid
16:48 / 17.11.2024
Italiyalik tadbirkor o‘g‘irlab ketilishini uyushtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
22:08 / 15.11.2024
Alp tog‘larida turistlar 280 mln yillik qadimiy hayvonlar izlariga duch keldi
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024