Samarqandda IIB xodimi pogonini o‘zi yulib tashlab yonidagi ayolni ayblagani tasvirlangan video tarqaldi
IIB xodimining bu xatti-harakati IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan o‘rganilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shrabot tumani prokuraturasi binosida IIB xodimi ayolga kuch ishlatayotib, pogonini o‘zi yulib tashlagani va ayolni ayblagani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV matbuot xizmati rahbari ma’lumot berdi.
Unda yozilishicha, hodisa 2021 yil 16 iyul kuni Qo‘shrabot tumani prokuraturasi binosida sodir bo‘lgan.
Videoda IIB xodimlari ikki nafar ayolga kuch ishlatayotgani tasvirlangan. Xodimlardan biri ayollardan birining qo‘lini qayirib olib ketayotganda yonidagi sherigiga «pogonimni yul» deb baqirgani, so‘ng pogonini o‘zi yulib tashlab ayolni ayblay boshlagani tasvirlangan.
«Hozirda holat IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan o‘rganilmoqda. Xodimning harakatlari qo‘shimcha ravishda to‘liq tekshirilib, holatga huquqiy baho beriladi», deyiladi IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov e’lon qilgan ma’lumotda.
Mavzuga oid
22:31 / 04.09.2024
Qo‘shrabot hokimi o‘rinbosarlarini haqoratlagani uchun intizomiy jazoga tortildi
11:29 / 19.07.2024
Namanganda pora bilan “o‘tirib chiqib”, oqlangan IIB xodimi yana qamaldi
18:01 / 26.06.2024
Bekobodda IIB binosidagi o‘lim holati bo‘yicha bir xodim qamoqqa olindi
19:09 / 11.06.2024