Jamiyat | 21:06 / 21.05.2022
13302
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Zil bilan to‘qnashgan Nexia-3 yo‘lovchisi vafot etdi

Katta tezlikda harakatlangan Nexia-3 Zilning kuzoviga kelib urilgan. Oqibatda yengil mashina yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 19 may kuni soat 16:30 larda 4R-35 Jizzax-Paxtakor-Gagarin avtomobil yo‘lining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 46-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1981 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 mashinasini Jizzax-Gagarin yo‘nalishida boshqarib borayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan 1978 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Zil yuk mashinasiga urilgan.

Oqibatda Nexia-3 mashinasida ketayotgan yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, yuk mashinasi chapga qayrilayotganda mashina ortidan katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 uning ort kuzov qismiga kelib urilgan va pachoq bo‘lib yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Mavzuga oid