Buxoro – Xiva poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
2022 yil 4 iyundan 050/049-sonli Buxoro – Xiva – Buxoro yo‘nalishidagi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.
Qayd etilishicha, poyezd Buxoro shahridan chorshanba, juma va yakshanba kunlari soat 12:14 da yo‘lga chiqadi va Xiva shahriga 18:33 da yetib keladi. Haftaning dushanba, payshanba hamda shanba kunlari soat 08:10 da Xiva temiryo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va soat 14:36 da Buxoro temiryo‘l vokzaliga yetib boradi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Bundan oldin Buxoro va Xiva shaharlari o‘rtasida tezyurar Afrosiyob poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.
Ushbu loyiha Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilayotgan 162 million dollarlik kredit hisobidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:10 / 26.10.2024
Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:45 / 09.10.2024
Buxoroda bolalar o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi
08:50 / 03.10.2024