Jahon | 20:57 / 23.05.2022
6310
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytda qum bo‘roni sababli aviaqatnovlar bekor qilindi 

Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi direktori o‘rinbosari Imod al-Jalviy parvozlar ko‘rish darajasi yaxshilanishi bilan tiklanishini aytdi. 

Foto: Anadolu Agency

Kuvayt fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati kuchli qum bo‘ronlari sababli mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, Kuvayt xalqaro aeroporti mahalliy vaqt bilan soat 14:20dan boshlab parvozlar uchun yopilgan.

Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi direktori o‘rinbosari Imod al-Jalviy parvozlar ko‘rish darajasi yaxshilanishi bilan tiklanishini aytdi.

Qum bo‘roni futbolga ham ta’sir qildi. Kuvayt futbol federatsiyasi 23 may kuni «Kazma» va «As-Salimiya» klublari o‘rtasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Amirlik kubogi uchrashuvi 24 may kuniga ko‘chirilganini ma’lum qildi. 

May oyi boshlarida Iroqda qum bo‘ronlari oqibatida besh mingdan ortiq odam jabrlangani xabar qilingandi

Mavzuga oid