O‘zbekiston | 07:24 / 24.05.2022
34203
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Lacetti va Nexia mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lganlar orasida 6 va 3 yoshli bolalar ham bor.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 23 may kuni soat 12:45 larda, A-376 xalqaro avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyati, Xovos tumani hududidan o‘tgan 234-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1988 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1970 yilda tug‘ilgan U.N. boshqaruvidagi Nexia mashinalari o‘zaro to‘qnashgan.

Oqibatda, Lacetti mashinasi haydovchisi Sh.A. va uning salonida bo‘lgan 1995 yilda tug‘ilgan A.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.

Shuningdek, Lacetti salonida bo‘lgan 2016 yilda tug‘ilgan N.A. va 2019 yilda tug‘ilgan T.A. hamda Nexia mashinasi haydovchisi N.U. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Nexia mashinasida bo‘lgan yo‘lovchi, 1992 yilda tug‘ilgan T.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda to‘rt kishi yonib ketgandi.

Mavzuga oid