Yanvarda kuzatilgan elektr tarmog‘idagi avariya sabab iste’molchilarga 4,5 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilindi
Joriy yil 25-27 yanvar kunlari yagona elektr tarmog‘idagi avariya natijasida kuzatilgan uzilishlar sabab iste’molchilarga 4,5 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilindi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog‘ayeva tizimdagi ishlar haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, karantin choralari joriy etilgani munosabati bilan gaz hisoblagichlarni davriy qiyoslovdan o‘tkazish kechiktirilishi va keyinchalik davlat dasturi doirasida ularning o‘rniga yangi aqlli hisoblagichlar o‘rnatilishi sababli, davriy qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha to‘langan 634 mln 700 ming so‘m yig‘imlarning 14 mingdan ortiq nafar iste’molchiga qaytarilishi bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Respublika hududlaridagi ayrim xonadonlarni tabiiy gaz ta’minotidan uzilgan bo‘lsa-da, 522 ming nafar iste’molchining abonent hisobvarag‘ida tabiiy gaz uchun oldindan amalga oshirgan 16 mlrd so‘mdan ortiq miqdoridagi to‘lovlari, ya’ni haqdorligi qolib ketgani aniqlangan va bugungi kunda iste’molchilar foydasiga 8 mln so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.
Qolgan mablag‘larni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish maqsadida, ushbu ish doirasida to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda Bosh prokuraturaga xulosa berish uchun kiritilgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur ish doirasida viloyat prokuraturalari va agentlikning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
15:00 / 07.09.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
23:15 / 05.09.2024
Poyezdlar to‘xtab turganida ham konditsioner o‘chmaydigan bo‘ladi - O‘TYY rahbari
08:35 / 04.09.2024