Manba: Xonanda Nargiz Domodedovo aeroportida to‘xtatildi. Uning Rossiyaga kirishi taqiqlangan
U Rossiyaga nisbatan bildirgan salbiy fikrlari uchun mamlakatga kiritilmadi.
Xonanda Nargiz Zokirova Moskvadagi Domodedovo aeroportida ushlandi. Xonandaning oila a’zolari bilan suhbatlashgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, u Toshkentdan Moskvaga uchib borganida to‘xtatilgan.
Bu hodisa 24 may kuni ro‘y bergan.
Ayni vaqtda qo‘shiqchi O‘zbekistonga qaytgan va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Farg‘onada tushgan suratini joylashtirgan.
Qo‘shiqchining advokati Bahrom Ismoilov ma’lumot berishicha, u Rossiyaga nisbatan bildirgan salbiy fikrlari uchun Rossiyaga kirishi taqiqlangan.
«Nargiz bunga tayyor edi. U shunday chora ko‘rilishini taxmin qilgandi. Shunga qaramay o‘z fuqarolik pozitsiyasiga sodiq qoldi», — degan u.
Nargiz Zokirova O‘zbekistonda tug‘ilgan, 1995 yilda oilasi bilan AQShga ko‘chib ketgan. 2013 yilda Rossiyaning "Golos" teleloyihasida ikkinchi o‘rinni egallagan va o‘shandan buyon Rossiyada ijod qilib kelgan.
Xonanda aprel oyida O‘zbekistonga qaytgani xabar qilingandi.
Viktor Drobish prodyuserlik markazi voqea bo‘yicha izoh berishni rad etdi.
FXX qaroriga ko‘ra, xonandaga 50 yil muddatga, ya’ni 2072 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangan.
Mavzuga oid
21:41 / 27.12.2024
Rossiyaning Saratov oblastida migrantlarga yana 3 sohada ishlash taqiqlandi
20:59 / 27.12.2024
Rossiya floti zamonaviy atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
19:14 / 27.12.2024
Ukraina Kursk oblastida ilk marta KXDR askarini asirga oldi - OAV
18:40 / 27.12.2024