Toshkent – Istanbul yo‘nalishidagi samolyot Trabzon aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi
Uzbekistan Airways Toshkent – Istanbul yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan HY-273 reysi haqida rasmiy xabar bilan chiqdi.
Kecha, 25 may kuni HY-273 Toshkent – Istanbul aviaqatnovini amalga oshiruvchi havo kemasi jadvalga muvofiq Toshkentdan parvozni boshlagan.
Qayd etilishicha, texnik sabablarga ko‘ra havo kemasi Toshkent vaqti bilan soat 21:10 da Trabzon aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.
Bildirilishicha, havo kemasi bortidagi 240 yo‘lovchi hayotiga hech qanday xavf tug‘ilmagan. Barcha yo‘lovchilar Trabzon shahrida joylashgan mehmonxonaga joylashtirilib, tez fursatlarda belgilangan manzilga – Istanbul shahriga yetkaziladi.
HY274/25MAY22 Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov vaqti kechiktirilgan (Istanbul mahalliy vaqti bilan jadvalga muvofiq 21:45 rejalashtirilgan parvoz). Ayni vaqtda Istanbuldan Toshkentga yo‘lovchilarni olib ketish uchun rezerv havo kemasini yuborish masalasi ishlab chiqilmoqda.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
22:49 / 05.11.2024
Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot ikki marta favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
21:13 / 20.10.2024
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida havo qatnovi tiklanadi
23:04 / 02.10.2024