Iqtisodiyot | 01:50 / 31.05.2022
55813
11 daqiqa o‘qiladi

Soliqdan eng ko‘p imtiyoz olayotgan kompaniyalar ro‘yxati ochiqlandi

2022 yil I choragida 44 183 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yekt soliq imtiyozlaridan foydalangan bo‘lib, ular uchun qo‘llanilgan imtiyozlarning umumiy qiymati 9 trillion so‘mdan ziyodni tashkil etgan.

Foto: Shutterstock

Bu haqda Ochiq ma’lumotlar portalida joylangan, 2022 yil I chorak holatiga soliq imtiyoziga ega sub’yektlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soliq imtiyozlari 7 turdagi soliqlar bo‘yicha berilgan va ularning salmoqli qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i hissasiga to‘g‘ri keladi (93,5 foiz). Keyingi o‘rinlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (1,6 foiz), foyda solig‘i (1,6 foiz), yer solig‘i (1,3 foiz), ijtimoiy soliq (1 foiz), mol-mulk solig‘i (0,6 foiz) va aylanmadan olinadigan soliqlar (0,3 foiz) joy olgan.

Soliq imtiyoziga ega bo‘lganlar ro‘yxatida mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan soliq to‘lovchilar – davlat korxonalari, xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, qo‘shma korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari hamda xorijiy kompaniyalar bor.

Eng ko‘p miqdorda soliq imtiyozlarini olgan top-20ta kompaniya:

1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 1 327, 1 mlrd so‘m
2. TIF “O‘zmilliy bank” AJ — 530, 6 mlrd so‘m
3. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 457,3 mlrd so‘m
4. “Ipoteka-bank” ATIB — 422,2 mlrd so‘m
5. “O‘zbekiston sanoat-qurilish bank” ATB — 400,9 mlrd so‘m
6. “Agrobank” ATB — 397,7 mlrd so‘m
7. “Davlat aksiyadorlik tijorat banki Asaka” AJ — 251,9 mlrd so‘m
8. AT “Xalq banki” — 195,1 mlrd so‘m
9. “Kapitalbank” ATB — 181,3 mlrd so‘m
10. “Asia trans gas” MChJ — 164,8 mlrd so‘m
11. “Qishloq qurilish bank” ATB — 159,4 mlrd so‘m
12. “Uzbekistan airways” AJ — 152,8 mlrd so‘m
13. “Grand pharm trade” MChJ — 148,3 mlrd so‘m
14. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ — 147,6 mlrd so‘m
15. “Mikrokreditbank” ATB — 129,5 mlrd so‘m
16. “Hamkorbank" ATB — 125,0 mlrd so‘m
17. “Meros pharm” MChJ — 94,8 mlrd so‘m
18. “Aloqabank” AJ — 77,9 mlrd so‘m
19. “Trastbank xususiy aksiyadorlik banki” AJ — 58,5 mlrd so‘m
20. “Turon bank” ATB — 47,5 mlrd so‘m

Mol-mulk solig‘i bo‘yicha eng ko‘p imtiyoz olgan top-10 korxona:

1. “Zarafshon oyna” MChJ — 1,81 mlrd so‘m
2. “Akfa dream world” MChJ — 0,9 mlrd so‘m
3. “Akfa extrusions” MChJ — 0,9 mlrd so‘m
4. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” —            0,8 mlrd so‘m
5. “Toshissiqquvvati” DUK — 0,7 mlrd so‘m
6. “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ — 0,7 mlrd so‘m
7. “Namangan-istiqlol bog‘i” MChJ — 0,7 mlrd so‘m
8. Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — 0,5 mlrd so‘m
9. “Asosiy biznes” MChJ — 0,5 mlrd so‘m
10. “Oziq ovqat standart karton” MChJ — 0,4 mlrd so‘m

QQS bo‘yicha eng ko‘p imtiyoz olgan top-10 korxona:

1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 1 327,1 mlrd so‘m
2. “O‘zmilliy bank” AJ — 530,6 mlrd so‘m
3. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 457,3 mlrd so‘m
4. “Ipoteka-bank” ATIB — 422,2 mlrd so‘m
5. “O‘zbekiston sanoat-qurilish bank” ATB — 400,9 mlrd so‘m
6. “Agrobank” ATB — 397,7 mlrd so‘m
7. “Davlat aksiyadorlik tijorat banki Asaka” AJ — 251,9 mlrd so‘m
8. AT “Xalq banki” — 195,1 mlrd so‘m
9. “Kapitalbank” ATB — 181,3 mlrd so‘m
10. “Asia trans gas” MChJ — 164,8 mlrd so‘m

Ijtimoiy soliq bo‘yicha eng ko‘p imtiyoz olgan top-10 korxona:

1. “Lukoil Uzbekistan operating company” MChJ — 7,7 mlrd so‘m
2. “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ — 3,5 mlrd so‘m
3. “Epam systems” MChJ — 2,8 mlrd so‘m
4. “Surhan gas chemical operating company” MChJ — 2,5 mlrd so‘m
5. “O‘zbekgeofizika” AJ — 2,3 mlrd so‘m
6. Jalaquduq tuman hokimligi — 2,3 mlrd so‘m
7. Metodik ta’minlash bo‘limi — 1,8 mlrd so‘m
8. “DM IT group” MChJ — 1,7 mlrd so‘m
9. Hyundai engineering co. LTD — 1,2 mlrd so‘m
10. “Fido-biznes” MChJ — 1,2 mlrd so‘m

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha eng ko‘p imtiyoz olgan top-10 korxona:

1. “Hamkorbank” ATB — 4,6 mlrd so‘m
2. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 3,3 mlrd so‘m
3. “Ipoteka-bank” ATIB — 3,2 mlrd so‘m
4. AT “Xalq banki” — 2,7 mlrd so‘m
5. So‘x tumani Xalq ta’limi bo‘limi — 2,6 mlrd so‘m
6. “Naxshab-texno metal” MChJ — 2,3 mlrd so‘m
7. “Agro city”MChJ — 2,2 mlrd so‘m
8. “Navobod naslli parranda” FX — 1,8 mlrd so‘m
9. “Kapitalbank” ATB — 1,7 mlrd so‘m
10. “Uzbekistan airways” AJ — 1,6 mlrd so‘m

Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha eng ko‘p imtiyoz olgan top-10 korxona:

1. “Basell trade” MChJ — 0,8 mlrd so‘m
2. “Bog‘ot trade 777” MChJ — 0,7 mlrd so‘m
3. “Bek music” MChJ — 0,3 mlrd so‘m
4. “Jayxun-lakrista” MChJ — 0,3 mlrd so‘m
5. “Aviatash” MChJ — 0,2 mlrd so‘m
6. “Angren-qamish-obliq” OK — 0,2 mlrd so‘m
7. “Bahori lola” MChJ — 0,2 mlrd so‘m
8. “Aloqa servis nurbuloq” XK — 0,2 mlrd so‘m
9. “Gessonit gold” MChJ — 0,2 mlrd so‘m
10. “Hurshid joyil soft” XK — 0,2 mlrd so‘m

Foyda solig‘i bo‘yicha eng ko‘p imtiyoz olgan top-10 korxona:

1. AT “Xalq banki” — 33,6 mlrd so‘m
2. “Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti” MChJ QK — 21,6 mlrd so‘m
3. “Renaissance Heavy Industries” DM — 17,5 mlrd so‘m
4. “Sibir” aviakompaniyasi” AJning vakolatxonasi — 15,8 mlrd so‘m
5. “Abu dhabi uzbek investment” MChJ QK — 6,5 mlrd so‘m
6. “Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi” DUK — 5,0 mlrd so‘m
7. “Procab” MChJ — 2,3 mlrd so‘m
8. “Poytaxt qurilish va xizmat” DUK — 2,1 mlrd so‘m
9. “Air astana” PU vakolatxonasi — 1,8 mlrd so‘m
10. “Parkent broiler” MChJ — 1,4 mlrd so‘m

Yer solig‘i bo‘yicha eng ko‘p imtiyoz olgan top-10 korxona:

1. “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ — 9,5 mlrd so‘m
2. “Amirsoy” MChJ — 9,4 mlrd so‘m
3. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 6,2 mlrd so‘m
4. “O‘zbekgidroenergo” AJning “O‘rta chirchiq GESlari kaskadi” UK — 5,3 mlrd so‘m
5. “Toshkent shahar kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” DM — 4,0 mlrd so‘m
6. “Qo‘ng‘irot yo‘llardan muntazam foydalanish” UK — 3,8 mlrd so‘m
7. “To‘polang gidroelektrostansiya davlat korxonasi” UK — 3,6 mlrd so‘m
8. “MCHJ shaklidagi dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi qo‘shma korxonasi” MChJ — 3,1 mlrd so‘m
9. “O‘zekspomarkaz” AJ — 2,4 mlrd so‘m
10. “Markaziy ippodrom” AJ — 2,3 mlrd so‘m

Shuningdek, imtiyozga ega bo‘lib, muayyan turdagi soliqdan butkul ozod etilgan korxonalar ham bor. Ular imtiyozga ega bo‘lgan jami soliq to‘lovchilarning 35 foiz yoki 15 ming 478 tani tashkil etadi. O‘rganish davrida bunday korxonalarning jami soliq imtiyozlari miqdori 3 trillion so‘mdan ziyodni tashkil etgan.

Imtiyozga egaligi uchun muayyan turdagi soliqni umuman to‘lamagan korxona top-10 korxona:

1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ – QQS — 1327,1 mlrd so‘m
2. “Uzbekistan airways” AJ – QQS — 152,8 mlrd so‘m
3. “Toshissiqquvvati” DUK – QQS — 35,4 mlrd so‘m
4. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ – QQS — 33,6 mlrd so‘m
5. “Farm luks invest” MChJ – QQS — 24,1 mlrd so‘m
6. “SFI management group” MChJ – QQS — 19,5 mlrd so‘m
7. “Renaissance Heavy Industries” DM – foyda solig‘i — 17,5 mlrd so‘m
8. ERIELL OFSME DMCC – 0173 – QQS — 16,2 mlrd so‘m
9. “Sibir” aviakompaniyasi” AJning vakolatxonasi – foyda solig‘i — 15,8 mlrd so‘m
10. “Constanta group” MChJ – QQS — 14,6 mlrd so‘m

Mavzuga oid