O‘zbekiston | 18:53 / 02.06.2022
45854
2 daqiqa o‘qiladi

Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari YTHda halok bo‘ldi

1 iyun kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududida Gentra va Hovo yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Foto: nasafnews

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Bekzod Boborajabov yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Kun.uz’ga ma’lumot berishicha, 2022 yil 1 iyun kuni soat 3:20 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidan o‘tgan yo‘lda Gentra va Hovo yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Gentra’da yo‘lovchi sifatida ketayotgan Bekzod Boborajabov vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yana ikki kishi tan jarohati olgan.

Ma’lumot uchun, B.Boborajabov 2008 yildan 2016 yilgacha Termiz va Qarshi shaharlari harbiy prokuraturalarida tergovchi va katta yordamchi lavozimlarida ishlagan.

B.Boborajabov 2020 yil 12 iyul kuni Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid