Prezident Toshkentdagi bank boshqaruvchisi 302 million imtiyozli kreditni o‘zlashtirgani haqida gapirdi
Toshkent viloyatidagi «Mikrokreditbank» G‘azalkent filiali boshqaruvchisi turmush o‘rtog‘i bilan birga 302 million so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqda gapirgani «O‘zbekiston 24» telekanali efirida uzatilgan «Menimcha» loyihasida ko‘rsatildi.
Prezidentning aytishicha, aholi hayot tarzini yaxshilashi lozim bo‘lgan va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan imtiyozli kreditlar mutasaddilar tomonidan talon-toroj qilinishi holatlari uchramoqda.
«O‘rganishlar ajratilayotgan imtiyozli kreditlar evaziga sotib olinishi lozim bo‘lgan chorva mollar, qo‘y, tovuq, tikuvchilik dastgohlari ta’minotchi korxonalar tomonidan aholiga oshirilgan narxlarda sotilayotganini ko‘rsatmoqda.
Toshkent viloyatidagi «Mikrokreditbank» G‘azalkent filiali boshqaruvchisi turmush o‘rtog‘i rahbarligidagi korxonani ta’minotchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib 302 million so‘m kreditni o‘zlashtiryapti. Nima bu noinsofga nisbatan qonun ustuvorligini ta’minlashga Toshkent viloyati hokimining vakolati yetmaydimi?» degan prezident.
Mavzuga oid
22:26 / 05.11.2024
O‘zbekiston prezidentining Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasida ishtirok etishi kutilmoqda
22:14 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida IIVning o‘q otish poligoni quriladi
21:06 / 04.11.2024
2025 yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishi qat’iy belgilandi
18:32 / 04.11.2024