Chirchiqda avtokredit uchun to‘langan 1,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan jinoiy guruh rahbari ushlandi
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida avtokredit uchun to‘langan 1,6 mlrd so‘m pul mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2020 yilning oktabr oyidan 2021 yilning aprel oyiga qadar Sh.C. o‘zining 4 nafar sherigi bilan “LID CAR” nomli MChJ tashkil etib, “3 yil muddatga 15 foizlik kredit” asosida 90 kun ichida avtomashina olib berishi haqida yolg‘on axborotlarni Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali tarqatgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi ma’lumotiga ko‘ra, u fuqarolarni aldab, ularning pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib kelgan.
Uyushgan guruh dastlab faoliyatini Toshkent shahrida, so‘ng Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida olib borib, 100 nafarga yaqin fuqaroning jami 1,6 mlrd so‘m pullarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan.
Uyushgan guruhning jinoiy faoliyati yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Biroq, uyushgan jinoiy guruh tashkilotchisi, 1990 yilda tug‘ilgan Sh.C. tergovdan bo‘yin tovlab, javobgarlikdan qutulish maqsadida yashiringani sababli xalqaro qidiruvga berilgan.
Bildirilishicha, joriy yil 8 iyun kuni IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2021 yilning noyabr oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan Sh.S. Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida xonadonlarda yashirinib yashab kelayotgani aniqlanib, qo‘lga olingan va tergov organiga topshirilgan.
Mavzuga oid
10:50 / 01.11.2024
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 273 mlrd so‘m zarar yetkazildi
10:34 / 23.09.2024
Chirchiqda kanalga tushib ketgan “Spark” chiqarib olindi
07:37 / 13.07.2024
Chirchiqda Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali ochiladi
07:28 / 25.06.2024