Iqtisodiyot | 14:42 / 10.06.2022
29825
1 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan 5 oyda xorijdan O‘zbekistonga qancha pul yuborilgani ma’lum qilindi

2022 yilning yanvar-may oylarida chet eldan O‘zbekistonga yuboriladigan pul o‘tkazmalari hajmi 61 foizga oshgan.

Foto: Reuters

Markaziy bank 2022 yilning dastlabki 5 oyida amalga oshirilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari haqida ma’lumot berdi.

Joriy yilning yanvar-may oylari davomida O‘zbekistonga chet eldan 4,19 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari yuborilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 61 foizga ko‘proq.

Shuningdek, yanvar-may oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan jami 4,32 mlrd dollar yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 59 foizga (1,6 mlrd dollar) ko‘proq xorijiy valuta sotib olingan.

O‘z navbatida tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami 2,84 mlrd dollar yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 70 foizga (1,17 mlrd dollar) ko‘proq xorijiy valuta sotilgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali tushumlar hajmi 8,1 milliard dollarni tashkil etgan, bu ko‘rsatkich 2020 va 2019 yillar bilan solishtirilsa, 34 foizga ko‘p. 

Mavzuga oid